30 may 15:48
Yangiliklar
Futbol
Tunis ligasida murabbiylarni ishdan bo'shatish bo'yicha rekord o'rnatildi
SHveycariyaning "CIES Football Observatory Weekly Post" nashri qiziqarli tadqiqot o'tkazdi.
Uning natijalariga ko'ra, Tunis elit divizioni klublarining 16 nafar murabbiyidan birortasi ham o'tgan mavsumda to'liq ishlay olmagani malum bo'ldi. Yani chempionatni boshlagan barcha mutaxassislar u davom etayotganda ishdan bo'shatildi.
SHunisi etiborga loyiqki, ushbu reytingda Tunisdan keyin faqat sobiq Yugoslaviya davlatlari joylashgan. Bosniya va Gercegovina va SHimoliy Makedoniya ligalarida butun mavsum davomida bittadan murabbiy ishlagan. Serbiya chempionatida – 16 nafardan ikki kishi.
Eng kam istefoga chiqarilgan murabbiylar Hindiston, Malta va Avstraliyada qayd etilgan.
Havola :
Fikrlar