27 apr 10:55
Yangiliklar
Formula-1
Turkiya Gran-prisi 2027 yildan Formula 1 taqvimiga qaytadi
Formula 1 kelasi yildan etiboran Istanbul bosqichining taqvimga qaytishini elon qildi.
Turkiya Gran-prisi tashkilotchilari va Formula 1 o'rtasidagi kelishuv besh yilga, 2027 yilgi mavsumdan boshlab tuzilgan.
Istanbul Park bosqichi 2005 yildan 2011 yilgacha o'tkazilgan. CHempionat, shuningdek, 2020 va 2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi davrida Turkiyaga qaytgan.
"Men Turkiyaning Formula 1 taqvimiga qaytishini mamlakatimizga - kuchli tashkiliy imkoniyatlarimizga, zamonaviy sport va tibbiy infratuzilmamizga va albatta, turk xalqining mashhur mehmondo'stligiga bo'lgan yuqori darajadagi ishonchning yaqqol belgisi sifatida ko'raman", deydi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an.

Havola :
Manba : formula1.com
Fikrlar