So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

10 avg 08:00
Yangiliklar

SHaxmat

Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mexmet Kasapoglu O'zbekiston xalqini shaxmatdagi tarixiy g'alaba bilan tabrikladi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o'yinlari qizg'in tarzda davom etmoqda.

Mazkur musobaqada O'zbekiston sharafini 265 nafar sportchimiz himoya qilishyapti.

Yurtimiz atletlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov ham ayni vaqtda Konya shahrida bo'lib turibdi.

SHuningdek, vazir tashrifining kun tartibidan xorijlik sport mutasaddilari bilan uchrashuvlar o'tkazish va hamkorlik masalalarini muhokama qilish ham o'rin olgan.

Xususan, bugun Konyadagi “Grand Millenium” mehmonxonasida Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov hamda Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mexmet Kasapoglu o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o'rtasida sport sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, futbol, dzyudo, boks, og'ir atletika kabi sport turlarida keng qamrovli hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.


SHu o'rinda Adxam Ikramov Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mexmet Kasapoglu hamda V Islom birdamlik o'yinlari tashkilotchilariga sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va yuqori darajada tashkil etilayotgan tadbirlar uchun o'z minnatdorligini bildirdi.

Qolaversa, A.Ikramov turkiyalik hamkasbiga O'zbekistonda tashkil etilayotgan nufuzli xalqaro musobaqalar, jumladan shu yil o'tkaziladigan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati, boks bo'yicha 2023 yili bo'ladigan jahon chempionati, yaqinda mezbonlik huquqi qo'lga kiritilgan shaxmat bo'yicha 46-Butunjahon olimpiadasi haqida to'xtalib, ushbu tadbirlarda Turkiya sport delegaciyasini ham faol ishtirok etishga chaqirdi.


Uchrashuv qizg'in davom etayotgan bir vaqtda Adxam Ikramovga o'zbekistonlik yoshlar 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida g'olib bo'lishgani to'g'risidagi axborot etkazildi va bu xushxabardan mamnun bo'lgan Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mexmet Kasapoglu O'zbekiston xalqi va olimpiada g'oliblarini tarixiy g'alaba bilan muborakbod etib, shaxmatchi yoshlarga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro sovg'alar almashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing