01 mar 11:18
Yangiliklar
Futbol

"Turon" ganalik hujumchi bilan kelishuvga erishdi
Superliga debyutanti hisoblangan "Turon" jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
Eshitishimizga qaraganda, klub ganalik hujumchi Kvame Karikari bilan kelishuvga erishgan. 1992 yilda tug'ilgan futbolchi bunga qadar bir qator nomdor jamoalarda to'p tepgan. Xususan, SHveciyaning AIK, "Xalmstad", Qozog'istonning "Irtish", Qatarning "Al Arabi", Ozarbayjonning "Neftchi", Gruziyaning "Dinamo Tbilisi", Isroilning "Xapoel" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Karikari tez orada "Turon" safiga kelib qo'shiladi. Forvard Gana yoshlar terma jamoasida 2 ta o'yin o'tkazgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar