08 fev 15:36
Yangiliklar
Futbol

Tuxel Tyago Silvaning tiklanishi haqida gapirdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Tottenxem" (1:0)ga qarshi o'yinda jarohat olgan himoyachi Tyago Silvaning tiklanishi haqida gapirdi.
"SHifokorlar Silvani maydonga qaytarish uchun barcha imkoniyatni ishga solishmoqda. Uning Angliya Kubogida o'ynamasligini aniq aytishim mumkin.
U hali davolanishi kerak. Tyagoning "Sautgempton"ga qarshi o'yinga qadar tayyor bo'lishiga umid qilamiz", - deydi Tuxel.
36 yoshli himoyachi joriy mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : chelseafc.com
Fikrlar