21 apr 14:10
Yangiliklar

U-16 Osiyo chempionati. O'zbekiston o'z raqiblarini bilib oldi
Osiyoning 45 mamlakatining o'smirlar terma jamoalari 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga chiqish uchun kurashni boshlashadi. G'arb mintaqasida 23, SHarq mintaqasida 22 terma jamoa jami 10ta guruhga ajratildi.
OFKda faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik Avaz Berdiqulov o'tkazgan qura natijalariga ko'ra O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "A" guruhidan o'rin oldi. Ushbu guruhda vakillarimizga Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn va SHri Lanka jamoalari raqiblik qilishadi. Ushbu guruh o'yinlari Saudiya Arabistoni mamlakatida bo'lib o'tadi.
Har bir guruhda birinchi o'rinni olgan 10ta jamoa va eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan 6ta jamoa Osiyo chempionati final bosqichiga chiqadi.
"A" guruhi: O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn, SHri Lanka
"B" guruhi: Ummon, Tojikiston, Suriya, Turkmaniston, Maldiv orollari
"C" guruhi: Eron, Qirg'iziston, Afg'oniston, Livan, Butan
"D" guruhi: Iroq, Hindiston, Falastin, Nepal
"E" guruhi: BAA, Yaman, Qatar, Bangladesh
"F" guruhi: KXDR, Gongkong, Xitoy Taypei, Makao, Bruney
"G" guruhi: Tailand, Laos, Timor Leste, SHimoliy Mariana orollari, Indoneziya
"H" guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy, Myanmar, Filippin
"I" guruhi: Vetnam, Avstraliya, Mo'g'uliston, Kambodja
"J" guruhi: Yaponiya, Malayziya, Singapur, Guam
Saralash bahslari 16-24 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar