18 iyu 13:59
Yangiliklar
Futbol

U-16 Osiyo chempionati. O'zbekiston terma jamoasi ilk turni Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazadi
Bugun shu yil Bahraynda o'tadigan U-16 Osiyo chempionati final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Quraga ko'ra Olim SHokirov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "C" guruhida Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston bilan kuch sinashadigan bo'ldi.
Vakillarimiz guruhni Janubiy Koreyaga qarshi bahs bilan boshlashadi. So'ngra Avstraliya bilan o'yin bo'ladi. Guruh bosqichini o'smirlarimiz Hindistonga qarshi uchrashuv bilan yakunlashadi.
1-tur
Janubiy Koreya - O'zbekiston
Avstraliya - Hindiston
2-tur
O'zbekiston - Avstraliya
Hindiston - Janubiy Koreya
3-tur
Janubiy Koreya - Avstraliya
Hindiston - O'zbekiston
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar