03 mar 16:14
Yangiliklar
U-18 Jahon chempionati. Xokkeychilarimiz ketma-ket ikki o'yinda yirik hisobda zafar quchishdi
O'zbekiston terma jamoasi III A divizionining ilk bahsida mezbon Gongkongga qarshi muzga chiqib, 6:2 hisobida zafar quchgandi. Biroz avval yakuniga etgan ikkinchi o'yinda xokkeychilarimiz Yangi Zelandiyani yirik hisobda mag'lub etishdi - 13:2. Salohiddin Azimov kiritilgan shaybalarning to'rttasiga mualliflik qildi.

Guruhning yana bir uchrashuvida Isroil terma jamoasi Turkiyani kambek evaziga 6:5 hisobida engdi. Isroillik xokkeychilar so'nggi uchinchi davrani 4:1 hisobida o'z foydalariga hal qilib, yakuniy g'alabani o'z tomonlariga og'dirib olishdi.
Guruhda O'zbekiston va Isroil terma jamoalari 6 tadan ochko jamg'arib, qo'shhokimlik qilishyapti. Endi 5 mart kuni yosh xokkeychilarimiz Turkiyaga qarshi muzga chiqishadi.

Fikrlar