04 mar 13:54
Yangiliklar

U-18 JCH. Xokkeychilarimiz Bosniya va Gercegovinani dog'da qoldirishdi. Keyingi o'yin hal qiluvchisi bo'ladi
Bosniya va Gercegovina yoshlariga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda xokkeychilarimiz 11:3 hisobida zafar quchishdi.
SHu tariqa, O'zbekiston U-18 terma jamoasi JCHdagi to'rtinchi o'yinida to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Vakillarimiz B guruhida hali ham peshqadamlikni davom ettiryapti. Jasurbek Rustamxonov (12+8) hamda Albert Dadaxo'jaev (6+8) esa to'purarlar ro'yxatini boshqarmoqda.
Turnirning ertangi kunida o'yinlar o'tkazilmaydi. 6 mart kuni esa yigitlarimiz B guruhi g'olibligi va III divizionning A guruhiga yo'llanma uchun ikkinchi o'rindagi Tailand termasiga qarshi muzga chiqadi. Bellashuv 18:00 da boshlanadi.
III divizion, B guruhi (4- tur)
Tailand, Bangkok.
O'zbekiston - Bosniya va Gercegovina 11:3 (2:1, 4:1, 5:1)
Gollar: Vuchinich (Bosniya va Gercegovina), Rustamxonov, Boxodirov, Popov, Dadaxo'jaev, Xalevin, CHapin (Bosniya va Gercegovina), Xalevin, Xalevin, Rustamxonov, Popov, Abduvosiqov, CHapin (Bosniya va Gercegovina), Rustamxonov.
Fikrlar