So’nggi yangiliklar

15:58Боб Арум: "Ломаченконинг муаммолари бор" 0 15:27UFC 316 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0 14:27“Eindhoven Cup”. Бугун боксчиларимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилишади 0 13:57Tashkent W15 турнирида финалчилар аниқланди 0 13:29UFC 316 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 13:04Неймар коронавирус юқтириб олди 0 12:36Икки Олимпиада чемпионимиз "Эйндховен кубоги"да иккинчи жангларини ўтказишди 0 12:11Дзюдо бўйича ўсмирлар терма жамоамиз Сочи ва Горига жўнаб кетди 0 11:39"Ролан Гаррос". Аёллар ўртасидаги бош соврин ҳамда €2,550,000 кимга насиб этди? 0 11:14Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади 0 10:45Алекс Перейра қачон навбатдаги жангини ўтказмоқчи эканлигини айтди 0 10:02UFC 316. Двалишвили муддатидан олдин ғалаба қозонди ва камарини муваффақиятли ҳимоя қилди 0 09:23UFC 316 турнирининг co-main event жанги муддатидан олдин якунланди 0 08:57Дембеле жароҳат олди 0

02 mar 14:27
Yangiliklar

Xokkey

U-18 termamiz JCHning ikkinchi bahsida Lyuksemburgni tor-mor etdi va guruh peshqadamiga aylanib oldi. Navbatdagi raqib - Turkmaniston

Kecha Bangkok shahrida davom etayotgan xokkey bo'yicha U-18 Jahon chempionatining III divizioni B guruhidan o'rin olgan navbatdagi bellashuvlar o'tkazildi.

Kun davomida O'zbekiston U-18 terma jamoasi Lyuksemburg yoshlariga qarshi bahs olib bordi va yakunda 12:1 hisobida g'alaba qozondi.

Bu O'zbekiston yoshlar terma jamoasining musobaqa doirasidagi ikkinchi uchrashuvda qo'lga kiritgan ikkinchi g'alabasiga aylandi. Avvalroq, xokkeychilarimiz Janubiy Afrika yoshlarini 12:0 hisobida dog'da qoldirishgan edi.

Keyingi o'yinimiz ertaga 14:30 da Turkmanistonga qarshi bo'lib o'tadi.

III divizion, B guruhi (2- tur)

Tailand, Bangkok.

O'zbekiston - Lyuksemburg 12:1 (7:1, 2:0, 3:0)

Gollar: Dadaxo'jaev, Ravshanov, Rustamxonov, Abduvosiqov, Rustamxonov, Xamzin, Toft (Lyuksemburg), Xamzin, Mirzaboev, Rustamxonov, Dadaxo'jaev, Tojiboev, Rustamxonov.



Ahamiyatlisi, mazkur bellashuvdan keyin yoshlarimiz B guruhi peshqadamiga aylanib oldi. Termamiz Tailand bilan qo'shhokimlikda to'plar nisbatiga ko'ra yaxshiroq bo'lib turibdi. Jasurbek Rustamxonov esa 11 ochko (6+5) bilan guruh to'purarligida birinchi natijani qayd etmoqda.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing