18 okt 19:01
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/21068_220.jpg)
U-19 ayollar o'rtasida OCH: Ikkinchi o'yinda ham 0:2 hisobidagi mag'lubiyat
O'zbekiston ayollar (U-19) terma jamoasi Osiyo chempionatining guruh bosqich 2-turida ham mag'lubiyatga uchradi.
Bahrom Norsafarov shogirdlari hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda KXDR terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Qizlarimiz ilk turda musobaqa mezboni Xitoy terma jamoasiga ham xuddi shu hisobda yutqazishgandi.
Nankin shahrida o'tayotgan qita chempionatidagi ikkinchi mag'lubiyatdan so'ng terma jamoamiz guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
Sakkizta terma jamoa ishtirok etayotgan mazkur turnirda dastlabki uchta o'rin egasi kelasi yili Franciyada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar