So’nggi yangiliklar

22:12Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги жанг бекор бўлди 0 20:00UFC медиаҳуқуқларни 8 миллиард долларга сотди. Қандай қилиб бунчалик кўп? 0 19:2693 ёшли Дон Кинг супероғир вазнда камар учун кечадиган жангни анонс қилди 0 19:05"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади 0 18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0

18 iyu 15:24
Yangiliklar

Futbol

U-19 Osiyo chempionati. O'zbekiston musobaqani Eronga qarshi o'yin bilan boshlaydi

Bugun shu yil O'zbekistonda o'tadigan U-19 Osiyo chempionati final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Quraga ko'ra Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "A" guruhida Indoneziya, Kambodja va Eron bilan kurash olib boradigan bo'ldi.

Yoshlarimiz ochilish uchrashuvini Eronga qarshi o'tkazishadi. Ikkinchi turda Kambodja bilan kuch sinashamiz va so'nggi turda Indoneziya bilan o'ynaymiz.

1-tur

O'zbekiston - Eron
Indoneziya - Kambodja

2-tur

Kambodja - O'zbekiston
Eron - Indoneziya

3-tur

O'zbekiston - Indoneziya
Kambodja - Eron

"A" guruhidan chiqqan ikki jamoa "B" kvartetidan chiqqan jamoalarga qarshi chorak finalda to'qnash kelishadi.

"B" guruhida Janubiy Koreya, Yaponiya, Iroq va Bahrayn jamoalari o'rin olishdi.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi U-19 Osiyo chempionati 14-31 oktyabr kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Musobaqa o'yinlari Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlaridagi jami 4ta stadionda o'tkaziladi.

Qita chempionatida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa kelgusi yil Indoneziyada o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Agar Indoneziya Osiyo chempionatida yarim finalga chiqsa chorak finalda mag'lub bo'lgan 4 jamoa ishtirokida pley-off bahslari o'tkaziladi va so'nggi yo'llanma egasi aniqlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing