21 apr 14:52
Yangiliklar

U-19 Osiyo chempionati. O'zbekiston yoshlarining ham raqiblari malum
Osiyoning 43 mamlakatining yoshlar terma jamoalari 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga chiqish uchun kurashni boshlashadi. Jamoalar 10ta guruhga ajratildi.
OFKda faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik Avaz Berdiqulov o'tkazgan qura natijalariga ko'ra O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "B" guruhidan o'rin oldi. Ushbu guruhda vakillarimizga Tojikiston, Bangladesh, SHri Lanka va Maldiv orollari jamoalari raqiblik qilishadi. Ushbu guruh o'yinlari Tojikiston mamlakatida bo'lib o'tadi.
Har bir guruhda birinchi o'rinni olgan 10ta jamoa va eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan 6ta jamoa Osiyo chempionati final bosqichiga chiqadi.
"A" guruhi: Bahrayn, BAA, Ummon, Nepal, Qirg'iziston
"B" guruhi: O'zbekiston, Tojikiston, Bangladesh, SHri Lanka, Maldiv orollari
"C" guruhi: Iroq, Qatar, Livan, Afg'oniston
"D" guruhi: Saudiya Arabistoni, Yaman, Turmaniston, Hindiston
"E" guruhi: Eron, Falastin, Iordaniya, Suriya
"F" guruhi: Janubiy Koreya, Malayziya, Timor Leste, Bruney, Indoneziya
"G" guruhi: Xitoy, Myanmar, Filippin, Kambodja
"H" guruhi: Vetnam, Laos, Xitoy Taypei, Makao
"I" guruhi: Yaponiya, Tailand, Singapur, Mo'g'uliston
"J" guruhi: Avstraliya, KXDR, Gongkong, SHimoliy Mariana orollari
Saralash bahslari 31 oktyabr - 8 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar