09 may 16:57
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/66854_220.jpg)
U-19 Osiyo chempionati saralashiga qura tashlandi. O'zbekiston Saudiya Arabistoniga boradi
Biroz avval o'smirlar o'rtasidagi qita birinchiligi saralashiga tashlangani qura haqida xabar bergan edik.
Bugun Osiyo futbol Konfederaciyasining Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida U-19 Osiyo chempionati saralash bellashuvdariga ham qura tashlandi. Qura natijalariga ko'ra O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "F" guruhidan joy oldi.
Kvartetda bizga Saudiya Arabistoni, Hindiston va Afg'oniston yoshlari raqiblik qilishadi. Qita birinchiligi saralashida Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi terma jamoamizga omad tilab qolamiz.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashining O'zbekiston joy olgan "F" guruhi o'yinlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar