So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

16 iyu 07:35
Yangiliklar

Futbol

U-23 OCH saralashi: O'zbekiston - Livan 3:1

O'zbekiston U-22 terma jamoasi BAAning Al Ayn shahrida start olgan U-23 OCH saralash turnirini Livan ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladi.

BAAning Al Ayn shahrida kelasi yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati saralashi D guruhi uchrashuvlari start oldi. Dastlabki turning ilk uchrashuvida saralash mezboni BAA yoshlar terma jamoasi Nepalni yirik 5:0 hisobida mag'lub etdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Livanga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limidayoq Ravshan Haydarov jamoasi raqib darvozasiga uchta gol urdi. Dastlab, raqib himoyachisi Faysal Hamis o'z darvozasiga to'p kiritgan bo'lsa, keyin Bobur Abduholiqov Livan darvozasini yana ikki bor ishg'ol etdi. Ikkinchi bo'limda Livan yoshlari bitta javob to'pini kiritishdi va uchrashuv O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.



Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi ikkinchi turda 17 iyul kuni Nepal yoshlariga qarshi maydonga tushsa, Livan yoshlari BAA yoshlariga qarshi bahs olib boradi.

U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati saralashi, "D" guruhi, 1-tur.

Al Ayn, BAA. Tanhun bin Muhammad stadioni.

O'zbekiston U-22 - Livan U-22 3:1

Gollar: Halil Hamis (20, avtogol), Bobur Abduholiqov (30, 39) - Hasan Hammud (58).

O'zbekiston U-22: Dilshod Hamraev, Islomjon Qobilov, Doston Tursunov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Odil Hamrobekov (68, Abdujamol Isroilov), Javohir Siddiqov, Azizjon G'aniev, Bobur Abduholiqov (78, Doniyor Narzullaev), Jasur Yaxshiboev (89, Xurshid G'iyosov), Zabihillo O'rinboev.

Ikkala terma jamoa bosh murabbiylarining uchrashuvdan so'nggi fikrlari:

Ravshan Haydarov, O'zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bugungi o'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilar biroz noqulay sharoitlarga qaramay haqiqiy shijoat va matonat ko'rsatishdi. Bugun ikki hil taymlarga guvoh bo'ldik. Birinchi bo'limda biz yaxshi o'ynadik, ikkinchi bo'limda esa, biroz etiborni qochirdik va natijada gol o'tkazib yubordik. Raqibni qarshi hujumda jazolamoqchi edik, ammo, buni uddasidan chiqa olmadik. Yaxshi vaziyatlar yaratdik, ammo, ulardan foydalana olmadik. Biz uchun guruhdagi har bir uchrashuv muhim. Nepalga qarshi o'yinga ham, BAAga qarshi ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz".



Kurchich Milich, Livan yoshlar terma jamoasi murabbiyi: "Biz ushbu turnirga juda qisqa muddat davomida tayyorlandik. Ammo, shunday bo'lsa ham, harakat qildik. Birinchi taymda futbolchilarni tanimadim. Ular raqibdan qo'rqib o'ynashgandek taassurot qoldirdi. O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular juda kuchli jamoa va buni bilgan holda tayyogarlik ko'rgan edik. Keyingi raqibimiz BAA va ular ham xuddi O'zbekiston singari saviyadagi jamoa. Biz xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, keyingi o'yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishni istaymiz. Umid qilamanki, keyingi o'yinda eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing