07 noy 15:33
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/48198_220.jpg)
U-23 OCH saralashi. O'zbekistonning raqiblari malum va o'yinlar taqvimi
Keyingi yil mart oyida O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.
Bugun saralash bosqichiga qura tashlandi. O'zbekiston guruhda Tojikiston, Pokiston va Hindiston bilan kuch sinashadi.
Ushbu guruh o'yinlari Toshkentda 22-26 mart oralig'ida bo'lib o'tadi.
Guruhda birinchi o'rinni olgan jamoa Tailandda bo'ladigan Osiyo chempionatiga chiqadi. 11ta guruhdan beshtasida ikkinchi o'rinni olgan jamoalar ham yo'llanmaga ega bo'lishadi.
TAQVIM
22 mart
O'zbekiston - Pokiston
Tojikiston - Hindiston
24 mart
Pokiston - Tojikiston
Hindiston - O'zbekiston
26 mart
O'zbekiston - Tojikiston
Hindiston - Pokiston
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar