So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

08 jan 11:32
Yangiliklar

Futbol

U-23 Osiyo chempionati. Lyubinko Drulovich: “Biz musobaqaga tayyormiz”

Xabaringiz bor, bugun Tailandda futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionati start oladi.

Musobaqada ishtirok etadigan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi esa ertaga Eronga qarshi bahs bilan chempionatdagi ishtirokini boshlaydi. Bugun musobaqadan avval matbuot-anjumani bo'lib o'tdi. Unda terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich va guruhdagi boshqa jamoalar murabbiylari ishtirok etishdi.

Lyubinko Drulovich (O'zbekiston): “S” guruhi juda ham qiyin kvartet bo'ldi. To'rtala jamoada ham imkoniyat bir xil. Biz ham uchrashuvga munosib tayyorgarlik ko'rdik. Oldinda bizni Eronga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu o'yinga hozir bor etiborimiz qaratilgan. Ushbu bahsdan so'ng qolgan o'yinlar haqida o'ylaymiz.

– Avvalo, O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman. Tayyorgarlik doirasida mahalliy iqlim va oziq-ovqatiga moslashishda muammo bo'lmadimi? SHuningdek, tarkibda Oston Urunov yo'qligiga qanday izoh ayta olasiz?

– Savol va omad tilaganingiz uchun rahmat. Har bir o'yin oson o'tadi deya olmayman. Birinchi bor Tailanddamiz. SHaroitdan noliydigan joyimiz yo'q. Bizga barcha sharoitlarni yaratib berishgan. Ayni paytda tanlagan futbolchilarim Olimpiya yoshidagi eng kuchlilaridir. Hozir tarkibda yo'q o'yinchilar haqida gapirish biroz noo'rin deb o'ylayman. Biz musobaqaga tayyormiz. Nasib qilsa, har bir o'yinda chiroyli va yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.


Xak-Bum Kim (Korea): Musobaqa davomida juda ham qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Barcha jamoalar o'ziga yarasha kuchli jihatga ega. Har bir bahs o'ziga yarasha qiyin o'tadi. Biz ham eng sara futbolchilarimizni tanlab keldik va barcha o'yinda bor kuchimizni ishga solamiz.

Vei Xao (Xitoy): Jamoamiz yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. Tashkilotchilar barcha sharoitlarni yaratib bergan. Biz musobaqa davomida barcha bor kuchimizni ishga solamiz.

Hamid Estili (Eron): Mezbonlarga va tashkiliy qo'mitaga rahmat aytib qolmoqchiman. Guruhdagi qolgan 3 jamoaga o'z hurmatimni bildirib qolaman. Guruhimizda kuchli jamoalar jam bo'lgan. FIFA taqvimi yig'in va o'rtoqlik uchrashuvlarini ko'ngildagidek o'tkazishimizga biroz halal berdi. SHunday bo'lsa ham biz musobaqada yaxshi natija ko'rsatishga umid qilamiz. O'zbekiston terma jamoasini yaxshi bilamiz. Ular bilan 2 bor o'rtoqlik uchrashini o'tkazdik. O'yinchilarim musobaqaga tayyorgarlik jarayonida qattiq mehnat qilishdi. Doim birinchi o'yin qiyin bo'ladi. SHu bois ertanggi O'zbekistonga qarshi o'yin ham oson kechmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing