20 jan 15:22
Yangiliklar
Futbol

U-23 Osiyo chempionati. Yarim finalda Janubiy Koreya bilan o'ynaymiz
Xitoyda o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak finalidan o'rin olgan Janubiy Koreya - Malayziya uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda kutilganidek koreyalik futbolchilar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Endi yarim finalda O'zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari maydonga tushishadi. Bu o'yin 23 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, kecha Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi olimpiyachilarimiz Yaponiya terma jamoasini yirik 4:0 hisobida mag'lub etib, yarim final chiptasini qo'lga kiritishgandi.
Havola :
Fikrlar