21 noy 14:43
Yangiliklar
Futbol

U-23 Osiyo chempionatidagi raqibimiz Eron o'rtoqlik uchrashuvida mag'lub bo'ldi
2020 yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqada O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Eron Indoneziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Safarda bo'lib o'tgan o'yinda eronliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O'yinning oxiriga qadar 1:1 hisobi saqlanib turdi, biroq bahs tugashiga 6 daqiqa qolganida Indoneziya olimpiya terma jamoasi g'alabani to'pini kiritdi.
Eron U-23 jamoasi safida Reza SHekari gol muallifi bo'ldi. Hamid Estili shogirdlari U-23 Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston, Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib borishadi. Tailanddagi musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio Olimpiadasiga yo'llanma oladi.
Havola :
Fikrlar