22 avg 16:26
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionatiga saralash. Quvaytga Timur Kapadze jamoasi boradi
Ushbu musobaqa 2022 yilning 1-19 iyun kunlariga belgilangan. Ungacha esa shu yilning kuzida saralash o'yinlari bo'lib o'tadi. Barcha guruhlarda saralash markazlashgan tartibda kechadi.
O'zbekiston saralash bosqichida konkursdan tashqari qatnashadi. Biz "D" guruhidan joy olganmiz va guruh o'yinlarini Quvaytda Saudiya Arabistoni, Bangladesh hamda Quvayt termalariga qarshi o'tkazamiz.
27.10.2021. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston
29.10.2021. O'zbekiston - Bangladesh
31.10.2021. Quvayt - O'zbekiston
Malum bo'lishicha, mazkur saralash o'yinlarida qatnashish uchun Quvaytga Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi boradi. Bundan ko'rinib turibdiki, kelasi yil U-23 Osiyo chempionatida ham Kapadze jamoasi ishtirok etadi.
SHu o'rinda savol tug'ilishi mumkin, Ravshan Haydarov murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-22 terma jamoasining taqdiri nima bo'ladi? Bu jamoa kelasi yil 10-25 sentyabr kunlari Xitoyning Xangjou shahrida o'tkaziladigan XIX Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'radi va shu musobaqada ishtirok etadi. Osiyo o'yinlaridan so'ng U-22 terma jamoasi o'z faoliyatini tugatadi.
Fikrlar