So’nggi yangiliklar

18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 18:35Осиё ўйинларининг 11-кунида Ўзбекистон делегацияси 9 та медаль қўлга киритди 0 18:30Осиё ўйинлари. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Японияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлиб, финалга чиқолмади 0 17:03Ўзбекистон терма жамоаси самбочилари Грециядаги жаҳон чемпионатида иштирок этишади 0 16:00Манба: Отабек Шукуров фаолиятини Европада давом эттиради 0 19:30Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 19:09Президент шахматчиларимизни тақдирлаб, Янги Тошкентда 500 ўринли шахмат саройи қуришни таклиф қилди 0 18:44Буюк Британия парламенти аъзоси "Манчестер Сити"ни АПЛдан четлатишга чақирди 0 18:15Осиё ўйинларининг ўнинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:48Осиё ўйинларининг ўнинчи кунини 3 та медаль билан якунладик: уларнинг 2 таси олтин! 0 17:18Таэквондочиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:43"Манчестер Сити" АПЛ томонидан қўйилган айбловларга жавоб қайтариш ниятида 0 16:09Осиё ўйинлари: эртага тўрт нафар боксчимиз ярим финалда жанг қилади 0 15:16Осиё ўйинларига бормаган боксчиларимиз Хитойдаги турнирда қатнашишди 0 14:35Осиё ўйинларининг дзюдо беллашувларига қуръа ташланди. Ҳамюртларимизнинг илк рақиблари маълум 0

01 iyu 13:02
Yangiliklar

Futbol

U-23 Osiyo Kubogining yorqin yulduzlari. Ro'yxatda o'zbekistonlik futbolchi ham bor

Teglar :  U-23Osiyo Kubogi
Bugundan O'zbekistonda futbol bo'yicha U-23 Osiyo Kubogi start oladi.

Bunday turnirlar yosh futbolchilarga o'zini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir. SHunday qilib, "Championat.asia" jamoalar tarkiblarini o'rganib chiqdi va U-23 Osiyo Kubogida kuzatib borish lozim bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzdi. Ularning barchasi musobaqadan so'ng yuqori darajaga ko'tarilishi mumkin.

Xon Xyon Sok, Janubiy Koreya

22 yosh, LASK (Avstriya)

Xon Xyon Sok – Evropada to'p tepadigan kam sonli futbolchilardan biri. U futbol sir-asrorlarini o'z mamlakatida o'rgangan, shundan keyin Germaniya tomon yo'l olgan. Sok oxirgi 2 yildan beri Avstriyada o'ynamoqda.

Koreyalik o'yinchi maydon markazida, "box-to-box" poziciyasida harakatlanadi. U juda harakatchan bo'lib, hujumni ham tez-tez qo'llab-quvvatlaydi. U ushbu mavsumda LASK uchun 40 ta o'yinda qatnashgan (ulardan 12 tasi Konferenciyalar Ligasida). Sok mazkur bahslarda 1 ta gol urgan hamda 8 marta sheriklarini golli pas bilan taminlagan. VIDEO


Li Kan In, Janubiy Koreya

21 yosh, "Malorka" (Ispaniya)

Ehtimol, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi eng yulduz futbolchi. Li Kan In futbol muxlislariga, birinchi navbatda, Ispaniya futboli ixlosmanjlariga yaxshi tanish. Koreyalik futbolchi mana bir necha yildirki, La Ligada to'p tepmoqda: avvaliga "Valensiya"da, endilikda "Malorka"da.

Transfermarkt 2020 yilning oktyabr oyida Li Kan Inni 20 million evroga baholagan edi. Hozir uning narxi 8 million evroni tashkil etadi. Vaholanki, u bo'lajak turnirning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Li Kan In milliy terma jamoa safida oltita o'yin o'tkazgan. O'tgan mavsumda u "Malorka" tarkibida 34 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. VIDEO 


Daiki Macuoka, Yaponiya

20 yosh, "SHimizu S-Pals" (Yaponiya)

Yosh bo'lishiga qaramay, Macuoka allaqachon Yaponiyaning birinchi jamoasidan chaqiruv olgan – ammo u hali jamoada debyut qilganicha yo'q. Daiki tayanch yarim himoyasida o'ynaydi va maydonni ko'ra olish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turadi, u ajoyib "birinchi pas"ga ega. Qolaversa, Macuoka to'pni olib qo'yish va to'pni qabul qilishda yaxshi.

Daiki o'tgan yili o'z klubi "SHimizu S-Pals"da boshlang'ich tarkib azosi edi. Biroq bu yil Macuoka asosiy tarkibdan tushib qoldi. Bunga uning yanvar oyi oxirida olgan jarohati sabab bo'lgan. Daiki sekin-asta optimal formaga qaytmoqda va U-23 Osiyo Kubogi u eng yaxshi o'yinini ko'rsatishi uchun yaxshi imkoniyatdir. VIDEO


Tanavat Suengchittavon, Tailand

22 yosh, "Lester Siti" (Angliya)

Tailandda tug'ilgan Suengchittavon erta yoshida onasi bilan Franciyaga ko'chib o'tgan. Tanavat xuddi shu joyda – "Nansi" akademiyasida futbol talimini oldi. U hatto Franciya yoshlar terma jamoasida ham o'ynagan, u erda Orelen Tchuameni va Amin Guiri kabi futbolchilar bilan yo'llari kesishgan.

Suengchittavon 2020 yil sentyabrda "Lester Siti"ga o'tdi. Garchi bir necha marta qaydnomaga kirgan bo'lsa ham, birinchi jamoa uchun hali birorta o'yin o'tkazmadi. Poziciyasiga kelsak, Tanavat – hujumkor yarim himoyachi. U Tailand terma jamoasida 9 ta o'yinda maydonga tushgan. VIDEO


Yosin Salmoni, Eron 

20 yosh, "Sepaxon" (Eron)


Ayni paytda Eron OFKning eng kuchli jamoasi bo'lib, FIFA reytingida 21-o'rinni egallab turibdi. SHunday ekan, Eron olimpiya terma jamoasi katta ehtimol bilan U-23 Osiyo Kubogida g'oliblik uchun kurashadi.

Jamoaning asosiy futbolchisi Yosin Salmoni sanaladi. U yaqinda OCHLda "Paxtakor"ga qarshi o'ynagan "Sepaxon" jamoasi sharafini himoya qiladi. Salmoni Eronning asosiy jamoasiga chaqirilgan, biroq hali debyutini o'tkazmagan. Yosin hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynaydi. Uning kuchli tomonlari – zarba berish, maydonni ko'rish va dribling. VIDEO


Husayn Norchaev, O'zbekiston

20 yosh, "Nasaf" (O'zbekiston)

Norchaev – hozirda O'zbekistonning eng yaxshi yosh yulduzi. Husayn “Nasaf” etakchilaridan biri: joriy mavsumda uning hisobida 16 ta o'yin, 6 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Norchaev OCHLda ham uchta sermahsul harakatni amalga oshirdi.

Husayn O'zbekiston terma jamoasi safida 1 ta o'yin o'tkazdi. Norchaev kelajakda "ikkinchi SHomurodov"ga aylanib, Evropaga ketishi mumkin. U-23 Kubogi u o'zini ko'rsatishi uchun o'ziga xos ko'rgazma, chunki bunday turnirlarda har doim Evropa klublaridan skautlar ko'p bo'ladi. VIDEO


Nikolay Egorichev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing