03 noy 16:41
Yangiliklar
Futbol
U APLga qaytadimi? Mourinyu "Arsenal" direktori bilan uchrashdi
"CHelsi" va "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Arsenal" direktori Raul Sanllexi bilan uchrashdi.
Malumotlarga ko'ra, "to'pchilar" rahbariyati jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Unai Emeri ishidan mamnun emas va yaqin vaqt ichida u bilan xayrlashishmoqchi. "Arsenal"dagilar klubda APL tajribasiga ega mutaxassis ishlashini xohlashmoqda.
Malum bo'lishicha, suhbat paytida Mourinyu "Arsenal"ning hozirgi holati va tarkibi haqida fikr bildirgan, bu esa Sanllexida yaxshi taassurot qoldirgan. Oldinroq Mourinyu "Arsenal"da ishlashga qiziqayotgani elon qilingan edi.
Havola :
Fikrlar