28 fev 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"U diqqat-markazda bo'lishni sevadi". Pore Makgregorning qaytishi haqida fikr bildirdi
UFC jangchisi Dastin Pore 2021 yildan beri jang qilmagan Konor Makgregor haqida fikr bildirdi.
O'shanda Konor aynan Porega qarshi jang qilib, mag'lub bo'lgandi.
"Men uning so'nggi ikki jangdagi raqibiman. Bunga uzoq vaqt bo'ldi va u shundan beri jang qilmadi. U diqqat-markazda bo'lishni sevadigan yigitlardan. U shuni istaydi. Balki u haqiqatdan ham qaytar.
Konor barcha nigohlar unga qaratilganini yaxshi ko'radi. Agar u o'zida olov topa olsa, qaytadi. U o'zgacha. Ammo qaytish haqidagi savolga faqatgina uning o'zi javob bera oladi", - dedi Pore.
Havola :
Manba : MMA Hour
Fikrlar