13 okt 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
"U hamma o'ylaganidek kuchli emas". Evloev Volkanovski haqida gapirdi
UFC jangchisi Movsar Evloev UFC 333 turniri doirasida divizion chempioni Aleksandr Volkanovskiga qarshi bo'lajak jangi haqida fikr bildirdi.
Turnir 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
"Mening kurash uslubim boshqacha, oyoqqa o'tish usullarim ham boshqacha, qolaversa, qulay fursatni yaxshi his qilaman. Uni parterda ushlab tura olmasam ham, 25 daqiqa davomida qancha marta kerak bo'lsa, shuncha marta parterga o'tkazaman.
Gap faqat kurashda emas — zarba berish texnikam ham tobora yaxshilanib bormoqda. U men darhol kurashga tashlanishim kerak bo'lgan darajada kuchli emas. Men sabr qilib, tik turib jang qilishda u nimani ko'rsata olishini kutishga tayyorman. U hamma o'ylaganidek kuchli emas", — deya Evloevning so'zlaridan iqtibos keltiradi Bloody Elbow nashri.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar