14 okt 13:14
Yangiliklar
Boks/MMA
"U o'zi nima ish qildi?" Pereyra Xokitning chempionlik jangi haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Aleks Pereyra Siril Gan va Josh Xokit o'rtasidagi chempionlik jangi haqida fikr bildirdi.
"Men [Deniel Kormedan]: “Agar vaqtinchalik chempion Ganni mag'lub etsam, meni chempion sifatida qabul qilishadimi?” deb so'raganimda, u: “Og'ayni, menimcha, yo'q”, deb javob berdi.
Bilasizmi, bir odamning o'ziga xos fikri bor, ammo bu fikrda hech qanday mantiq yo'q. Endi esa avval hech kim bo'lmagan boshqa bir yigit to'satdan kimgadir aylanib qoldi, tushunyapsizmi? Ular odamlarga Gan — Xokit jangi men bilan bo'ladigan jangdan yaxshiroq ekanini singdirishga harakat qilishyapti. Menimcha, buning yagona izohi shu, yigitlar. Agar boshqa biror jangchi bo'lganida, mayli edi. Ammo bu yigit o'zi nima ish qildi?" — deya Pereyraning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar