06 apr 08:53
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				
				
			
				U-shu. O'zbekiston chempionatiga start berildi
Bugun poytaxtimizdagi O'zbekiston taekvondo WTF federaciyasiga qarashli  “Universal” sport majmuasida u-shu bo'yicha 2018 yilgi musobaqalar mavsumini boshlab bergan mamlakat chempionatiga start berildi. 
			Unda u-shuning taolu bo'yicha 5 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan sportchilar bahslarga kirishgan bo'lsa, sanshou janglarida 10-11 yoshdan 18 yoshgacha va undan katta bo'lgan ishtirokchilar pamosga ko'tarilishmoqda.
Besh yuz nafardan ziyod sportchilar qatnashayotgan mazkur musobaqa 3 kun davom etadi. Bugun chempionatning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi, final bellashuvlari esa 8 aprel sanasiga begilangan.
Aynan ushbu mamlakat chempionati yoshlar o'rtasida Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati hamda Indoneziya mezbonlik qiladigan Osiyo o'yinlari o'ziga xos saralash vazifasini o'tayotganligi bilan ham ahamiyatlidir.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar