23 sen 08:50
Yangiliklar
Boshqalar
U-shu. Terma jamoamiz Osiyo chempionatidan 3 ta medal bilan qaytdi+FOTO
Janubiy Koreyaning Gumi shahrida sharq yakkakurashlari oilasiga mansub ushu sport turi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
O'z tarixida to'qqizinchi bor tashkil etilgan qita birinchiligida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 11 nafar azosi ham o'z mahoratini hakamlar nazoratidan o'tkazdi. Ulardan 4 nafari sanda, qolganlari esa taolu yo'nalishida ishtirok etishdi.
Yakunda ulardan 3 nafari shoxsupaga ko'tarildi. Hamyurtlarimizdan Osiyo va jahon chempioni Darya Latisheva taolu yo'nalishida oltin medalni qo'lga kiritdi. SHohjahon Tiloviddinov taoluda bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Kecha terma jamoamiz delegaciyasi Koreyadan yurtimizga qaytib keldi. Endi ushu bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi 26 sentyabr kuni jahon chempionatida qatnashish maqsadida Ufaga jo'nab ketadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar