27 iyu 19:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt doping mojarosidan so'ng birinchi marta intervyu berdi
Superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC chempioni Dillian Uayt dopingga uchragani borasida fikr bildirdi.
"Men bu xabarni eshitib xafa bo'ldim. Advokatlarim muammoni hal qilish bo'yicha ishlashmoqda. Hozircha menga OAVga munosabat bildirmaslikni maslahat berishdi. Men faqatgina jangda halol g'alaba qozonganimni aytishim mumkin. Qo'llab turganlarga minnatdorchilik bildiraman", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Dillian Uaytdan Oskar Rivasga qarshi jangidan avval olingan qon tahlilida taqiqlangan moddalar aniqlangan. Agar bokschi aybdorligi isbotlansa, Dillian uzoq muddatga chetlatilishi mumkin.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar