21 mar 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uch karra Olimpiada chempioni bo'lishni istardim, lekin...". Bahodir Jalolov Los-Anjeles Olimpiadasida qatnashish haqidagi savolga javob berdi
Boks bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov Los-Anjeles Olimpiadasi haqida gapirdi.
"Ko'ramiz, nima bo'larkin. Hozircha nima deyishni bilmayman. Vaqti kelganda qaror qabul qilinadi. Biz Los-Anjeles haqida o'ylayapmiz. Men tarixga kirish uchun uch karra Olimpiada chempioni bo'lishni istardim, lekin hozir men uchun professional boks muhimroq", - dedi Bahodir Jalolov.
Eslatib o'tamiz, Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritganidan so'ng havaskor boksdan ketishini va prof ringda faoliyatini davom ettirmoqchi ekanligini elon qilgandi.
Havola :
Manba : Boxing News
Fikrlar