So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

30 may 14:44
Yangiliklar

SHaxmat

Uch nafar shaxmatchimiz Aktobe Open 2024 turnirida ishtirok etyapti

Qozog'istonning Aktyubinsk viloyati Aktobe shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Aktobe Open 2024 turniri ananaviy tarzda Vladimir Dvorkovich xotirasiga bag'ishlab o'tkazib kelinyapti. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida uch nafar shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboev (2665), Muhammadzohid Suyarov (2429) va Muhiddin Madaminov (2504) ham sovrinli o'rinlar uchun dona surmoqda.  

Musobaqaning 5-turida uchchala vakilimiz ham qora donalarda harakat qilishdi. Yakubboev FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Polina SHuvalova (2456) bilan durang qayd etdi. Suyarov AQSH sharafini himoya qilayotgan sobiq grossmeyster hamyurtimiz Timur Gareev (2552) bilan murosaga keldi. Madaminov esa qozog'istonlik Edgar Mamedov (2410)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Bugun o'tkaziladigan 6-tur oldidan hindistonlik grossmeyster Abhijit Gupta 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg'arib, yakka peshqadamlik qilyapti. Parham Maqsudlu (Eron), Aleksey Sarana (Serbiya), Xiang Ji Bu, SHang Ley Lu (ikkalasi Xitoy), SHant Sargsyan Manuel Petrosya (ikkisi Armaniston) va Denis Maxnev (Qozog'iston) 4 ochkodan to'plab, 2-9 o'rinlarni band etishgan. 

Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijani hozircha Nodirbek Yakubboev qayd etmoqda. U 3,5 ochko bilan 11-pog'onadan joy olgan. O'ninchi o'rinni egallab turgan Edgar Mamedov hisobida ham 3,5 ochko bor. Muhammadzohid Suyarov 3, Muhiddin Madaminov 2,5 ochkoga ega.       


Aktobe Open 2024. 6-tur juftliklari

Nodirbek Yakubboev (2665) - Vasiliy Korchmar (FIDE, 2424)

Muhammadzohid Suyarov (2429) - Sergey Lobanov (FIDE, 2506)

Muhiddin Madaminov (2504) - Sauat Nurgaliev (Qozog'iston, 2320)

Malumot uchun, Aktobe Open 2024 turniri g'olibi 20 000 dollar mukofot puliga ega bo'ladi. Ikkinchi o'rin sohibi 15 600, uchinchi o'rin egasi esa 11 100 AQSH dollarini qo'lga kiritadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing