13 jan 09:25
Yangiliklar
Uch nafar shaxmatchimiz Nyu-Delidagi nufuzli turnirda
15th Delhi International Open Grandmasters chess tournament musobaqasida mezbonlardan tashqari Rossiya, Ukraina, JAR, Polsha, Misr, Belgiya, SHri-Lanka, Armaniston kabi 20dan ortiq davlatdan jami 251 nafar ishtirokchi dona surmoqda.
Ular qatorida 3 nafar grossmeysterimiz – Marat Jumaev, Gulruhbegim Tohirjonova va Sarvinoz Qurbonboevalar ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti.
Kecha o'tkazilgan 6-tur uchrashuvlaridan so'ng Marat Jumaev 6 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 25-o'rinni egallab turibdi. O'n ikkinchi pog'onadagi shaxmatchi hisobida ham shuncha ochko bor.
Qurbonboeva va Tohirjonova esa 4tadan ochko to'plab, mos ravishda 40 hamda 48-o'rinlarni band etishgan.
Kecha Gulruhbegim musobaqaning ikkinchi tartib raqamli ishtirokchisi hindistonlik Lalit Babu bilan durang o'ynashga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar