So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

06 avg 16:35
Yangiliklar

SHaxmat

Uch nafar yosh grossmeysterimiz Abu-Dabida mahoratini namoyish etyapti

SHu kunlarda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.

26th Abu Dhabi International Chess Festival musobaqasida 27 davlatdan 150 nafar shaxmatchi g'oliblik yo'lida dona suryapti. Ulardan 55 (34 xalqaro grossmeyster) nafarining grossmeyster ekanligi ushbu turnirning nufuzidan darak bermoqda. Ukrainalik xalqaro grossmeyster Yuriy Krivoruchko (2686) musobaqaning reyting-favoriti hisoblanadi. 

Abu-Dabidagi shaxmat festivalida yurtimiz sharafini uch nafar yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev, Javohir Sindarov hamda yana bir shaxmatchimiz, sport sharhlovchisi Akrom Toshxo'jaev himoya qilmoqda. 

Beshinchi turda Abdusattorov (2594) oq donalarda harakat qilishiga qaramay, reytingda o'zidan yuqorida turgan eronlik xalqaro grossmeyster Parham Maqsudlu (2656)ga yutqazib qo'ydi. Uchrashuv oldidan har ikki shaxmatchi ham 3,5 tadan ochkoga ega bo'lib turishgandi.

Nodirbek Yoqubboev (2574) esa aksincha qora donalarda o'ynashiga qaramay, armanistonlik xalqaro grossmeyster Vladimir Akopyan (2650)ni taslim etishning uddasidan chiqdi. Bu ikki grossmeyster 3 ochkodan jamg'arishgan edi. 

Javohir Sindaro (2507) bu turda oq donalarda hindistonlik grossmeyster Suri Vaybxav (2591) bilan murosaga keldi. Akrom Toshxo'jaev (2123) xitoylik Ni SHi Gun bilan durang o'ynadi. 

Bugun o'tkaziladigan 6-tur oldidan gruziyalik xalqaro grossmeyster Baadur Jobava (2584) yuz foizlik ko'rsatkich, yani 5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Eronlik Parham Maqsudlu 4,5 ochko bilan ikkinchi, hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboev qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4 ochko bilan uchinchi o'rinni band etgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing