So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

22 mar 16:49
Yangiliklar

Boshqalar

Uch sambochimiz Jahon kubogining finalida, yana uch nafarida bronza!

Bugun Rossiya poytaxti Moskva shahridagi "Lujniki" arenasida sambo bo'yicha Jahon kubogi start oldi.

Sambo sport turi asoschilaridan biri A.Xarlampiev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ushbu musobaqada o'zbekistonlik sambochilar ham yurtimiz sharafini himoya qilishyapti. Hozirgacha o'tkazilgan bahslarda uch nafar sambochimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Jangovor sambo bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqaning -82 vazn toifasidagi bahslarida ishtirok etayotgan Bekzod Nurmatov yarim finalda irlandiyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. -68 kg vazndagi sambochimiz Zafar Allabergenov Janubiy Koreya va Qirg'iziston davlati vakillarini engib, finalga chiqdi. 

-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sirojiddin Anorqulov ham oltin medal uchun bahs olib boradi. U yarim finalda turkmanistonlik raqibidan ustun keldi. Bu uch sambochimiz birozdan so'ng oltin medal uchun gilamga chiqishadi. 

Sambo musobaqasining yarim finalida mag'lubiyatga uchragan -82 kg vazndagi Ulug'bek Rahmonov, -68 kilogramdagi Timur Xudoyqulov hamda qizlar o'rtasidagi -52 kg vazndagi vakilamiz Zuhraxon Mamurjonova bronza medaliga sazovor bo'lishdi.        

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing