19 sen 08:44
Yangiliklar
Tennis

Uch tennischimiz Shymkent International turniri ikkinchi davrasida
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi Shymkent International turnirining asosiy to'r bahslarida 7 nafar tennischimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Kechagi bahslarda ulardan 3 nafari g'alaba qozonib, ikkinchi bosqichga yo'llanma olishdi.
Laylo Bahodirova qozog'istonlik Gaini Ibrashevani 6:1, 6:3, uchinchi raqam ostida tasniflangan Albina Xabibulina rossiyalik Anastasiya Veselovani 6:7(2), 6:1, 6:0, Olesya Kim esa yana bir mezbon tennischi Tamara CHerkassovani 6:2, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar