27 sen 14:45
Yangiliklar
Tennis

Uch yarim soat davom etgan uchrashuv yoxud o'zbek derbisi
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning CHimkent shahrida sovrin jamg'armasi 10 ming dollardan iborat turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqaning asosiy to'rida hamyurtlarimizdan, terma jamoamiz azolari Sanjar Fayziev, Jo'rabek Karimov, Humoyun Sultonov, SHonig'mat SHofayziev, Sergey Fomin, Pavel Coy, Abror Isoqov, Azizjon Turg'unov o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazyapti.
Hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda o'zbek tennischilari o'zaro kortga chiqishdi. Turnirning uchinchi raketkasi hisoblangan Sanjar Fayziev 17 yoshli Humoyun Sultonovga qarshi kortga chiqdi.
Uch soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda Fayziev 6:4, 5:7, tay-brekda 7:6(3) hisobida zafar quchdi. Uchinchi setning beshinchi geymidan keyin 4:1 hisobida oldinga chiqib olgan Humoyun g'alabani saqlab qola olmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar