So’nggi yangiliklar

08:06US Open 2026. Биринчи ракеткамиз ҳам ғалаба билан бошлади 0 21:06Лео Месси Аргентина терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 20:28Чимаев октагонга қайтишга тайёр! У ким билан жанг қилмоқчи эканини айтди 0 19:49Жонсон Умар Нурмагомедовнинг Ядонг билан жангидаги хатосини айтди 0 19:26Султонов икки ғалабаси эвазига асосий тўрга чиқди. Илк даврада ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз! 0 19:01Расман. Англия терма жамоаси аъзоси "Ал-Ҳилол"га ўтди 0 18:26Тайсон Фьюри Хргович билан жанг учун шартини айтди 0 17:45"Дана Уайт доғистонликларга ҳамма нарсага рухсат беради" - UFC жангчиси 0 17:13Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли ўртасидаги реванш санаси маълум қилинди 0 16:46Платини "Олтин тўп"ни Кварацхелияга бермоқчи 0 16:07"Ҳеч ким бу жангга рози бўлмайди" — Хукер Усман Нурмагомедовнинг UFCдаги эҳтимолий дебюти ҳақида гапирди 0 15:30Хргович: "Итаума рақибларим орасида энг яхшиси, аммо..." 0 14:59Янгиланган WTA рейтингида Ўзбекистоннинг биринчи ракеткаси ўзгарди 0 14:33Платини Инфантинони танқид қилди ва уни ФИФАдан истеъфога чиқишга чақирди 0 14:08Тайсон Фьюри: "Агар гап сотиш учун чемпионлик камарлари берилганда, мен мутлақ жаҳон чемпиони бўлардим" 0

17 okt 10:19
Yangiliklar

SHaxmat

Uch yosh toifasida o'tkazilgan Jahon chempionatida Ruqiya Olimova kumush medalni qo'lga kiritdi

3-16 oktyabr kunlari Albaniyaning Durres shahrida shaxmat bo'yicha 14, 16 va 18 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar hamda qizlar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqa Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) qoidalari asosida, 11 turdan iborat shveycarcha tizimda o'tkazildi. Unda 83 davlatdan 720 nafar shaxmatchi 6 ta guruhda bahs olib bordi.

Etiborga molik natijaga 14 yoshli shaxmatchilar o'rtasidagi bahslarda erishildi. Ushbu toifada ishtirok etgan iqtidorli shaxmatchimiz Ruqiya Olimova 9 ochko to'plab, Jahon chempionatining kumush medali sohibasiga aylandi.

Jahon chempionatining 18 yoshgacha bo'lgan bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan birinchi raqamdi shaxmatchimiz Afruza Hamdamova 8 ochko to'pladi va 5-o'rin bilan kifoyalandi. 

Yakuniy natijalar 18 yoshgacha:

Hamdamova Afruza – 8 ochko, 5-o'rin

Karimova Guldona – 6,5 ochko, 15-o'rin

Aktamova Zilola – 6 ochko, 34-o'rin

Abdujabborova Vasila – 5 ochko, 49-o'rin

Naziraliev Qilichbek – 5,5 ochko, 66-o'rin


16 yoshgacha:

Imomqo'zieva Nilufarxon – 7 ochko, 12-o'rin

Belaya Liliya – 6 ochko, 32-o'rin

Omonov Asrorjon – 7 ochko, 15-o'rin

Azizov Sadullo – 6,5 ochko, 33-o'rin

Muxsinov Muhammad Yusuf – 6,5 ochko, 42-o'rin

Elmirzaev Xondamir – 6 ochko, 55-o'rin

Abduhakimov Akbarali – 5,5 ochko, 72-o'rin


14 yoshgacha:

Olimova Ruqiya – 9 ochko, 2-o'rin

Nurullaeva Dilnoza – 6,5 ochko, 27-o'rin

Davlatova Sevinch – 5 ochko, 63-o'rin

Islamov SHaxzod – 6,5 ochko, 38-o'rin

Bahodirov Abdulqodir – 6 ochko, 51-o'rin

Vohidov Saidxo'ja – 4 ochko, 126-o'rin

O'zbekiston shaxmat federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing