27 avg 07:49
Yangiliklar
Boshqalar

Uchqo'rg'onda o'tkazilgan kichik "Formula-1" musobaqasidan FOTOREPORTAJ
Uch kun davomida Namanganda mamlakatimizning eng kuchli kartingchilari aniqlandi.
“O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi” bayramiga bag'ishlab, O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan Uchqo'rg'on tuman o'quv sport texnika klubiga qarashli kartadromda karting bo'yicha O'zbekiston Kubogi final musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqada Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 120 nafardan ziyod 7 yosh va undan yuqori bo'lgan (4 nafar qizlar) sportchilar ishtirok etdilar.
G'oliblarga “Vatanparvar” tashkilotining esdalik sovg'alari, faxriy yorliqlar hamda Uchqo'rg'on tuman o'quv sport texnika klubiga ikki dona karting sport texnikasi topshirildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar