08 sen 18:24
Yangiliklar
Formula-1
Uchqo'rg'ondagi kartadromda kichik "Formula" poygasi bo'lib o'tdi FOTOREPORTAJ
Namanganda karting bo'yicha viloyat Ochiq birinchiligi o'tkazildi.
O'zbekiston Mudofaasiga ko'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Namangan viloyati kengashining 2019 yilgi sport tadbirlari taqvim rejasiga ko'ra Uchqo'rgon tumanidagi kartadromda karting bo'yicha ochik viloyat birinchiligi o'tkazildi.
Musobaqada shahar va tumanlardan kelgan sport jamoalari, Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Farg'ona viloyatlaridan 8 yosh va undan yuqori bo'lgan ( 3 nafar kizlar) jami 64 nafar sportchi ishtirok etdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra 1-o'rinni Uychi tuman jamoasi egalladi. Norin tuman jamoasi ikkinchi, to'raqo'rg'onliklar uchinchi pog'onani band etishdi. G'oliblarga "Vatanparvar" tashkilotining esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar topshirildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar