08 dek 13:44
Yangiliklar
Ot Sporti
Uchta federaciyaga rahbarlik qilayotgan hamyurtimiz Moskvadagi turnirda sovrindor bo'ldi + FOTO
Rossiya poytaxti Moskva shahridagi “Maksima stables” ot sporti klubida konkur yo'nalishi bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.
Ahamiyatlisi, bir paytning o'zida O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi, O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi hamda O'zbekiston polo federaciyasida raislik qilayotgan Bahromjon Gaziev musobaqaning sovrindorlari qatoridan joy oldi.
Bu bilan Gaziev sportchilarga shaxsiy namuna ham ko'rsatdi. Hamyurtimiz balandligi 120 sm bo'lgan CSI-1 * “Kristal tur” yo'nalishida ishtirok etdi. “Lady” laqabli tulpor bilan o'z chiqishini namoyish etgan Bahromjon Gaziev ikkinchi o'rin sohibiga aylandi.
Ushbu dasturda g'alaba “Starbucks” otida qatnashgan rossiyalik Anastasiya SHerbakovaga nasib etgan bo'lsa, kuchli uchlikni boshqa bir mezbon Anatoliy SHishkov (“Katmand”) yopib berdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar