So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

30 avg 14:05
Yangiliklar

Boshqalar, Futbol

Uchta gol O'zbekistonni mag'lubiyatdan saqlab qola olmadi

Eron hamda O'zbekiston futzal terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi eronliklarning g'alabasi bilan yakunlandi, ammo bu safar Osiyoning amaldagi chempioni avvalgi bahsdan ko'ra qiyinroq g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Farhod Tavakkolining aniq zarbasi tufayli eronliklar hisobni ochishdi. 7-daqiqada Eron terma jamoasi tezkor qarshi hujumni o'tkazib yuborishdi. Farhod Abdumavlonov hisobni tenglashtirdi.

Ikki daqiqa o'tar-o'tmas Eron terma jamoasi yana oldinga chiqib oldi. O'zbekiston terma jamoasi futzalchilarining qo'pol xatosidan so'ng, Hussayn Toyibi qiyinchiliksiz gol urdi. O'n oltinchi daqiqada futzalchilarimiz standart ishlab olishdi va undan Davron CHoriev unumli foydalandi - 2:2.

Birinchi bo'lim yakunlanishiga bir daqiqa qolganida Qudrat Bahodorining aniq va kuchli zarbasini Rustam Umarov bartaraf eta olmadi. Jamoalar tanaffusga 3:2 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limning deyarli yarmi gollarsiz o'tdi, ammo bahsning 29-daqiqasida Hussayn Toyibi eronliklarning to'rtinchi goliga mualliflik qildi va yana bir bor Osiyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri ekanligini isbotladi.

33-daqiqada bahsdagi eng chiroyli gol urildi va o'sha to'p eronliklar darvozasiga kirib ketdi. Javlon Anorov maydon markazidan raqib darvozasi tomon kuchli zarba berdi va raqib jamoa posboni qimirlashga ham ulgurmadi.

Uchrashuv yakunlanishiga bir daqiqa qolganda eronliklar O'zbekiston terma jamoasining hujumini yo'qqa chiqarishga muvaffaq bo'lishdi. O'sha paytda hamyurtlarimiz o'ynovchi darvozabon bilan harakat qilishayotgan edi. Mahdi Javid bo'sh darvozani nishonga olishga qiynalmadi.

Javidning bu gol uchrashuv taqdirini hal qildi, ammo so'nggi daqiqada Mahdi dubl qayd etdi va natijada, Eron 6:3 hisobidagi g'alabaga erishdi.

O'rtoqlik uchrashuvi

29.08.2016, Mashhad, Eron

ERON – O'ZBEKISTON 6:3 (3:2)

Gollar: Farhod Tavakkoli (2), Xussayn Toyibi (9, 29), Qudrat Bahodori (19), Maxdi Javid (39, 40) – Farhod Abdumavlonov (7), Davron CHoriev (16), Javlon Anorov (33).


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing