So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

24 mar 09:01
Yangiliklar

Dzyudo

Uchta medalga ega O'zbekiston Tbilisi Grand Slam turnirini nechanchi o'rinda yakunladi?

Gruziya poytaxti mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha Tbilisi Grand Slam musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Uch kun davomida dunyoning 5 qitasi 52 davlatidan jami 385 nafar (219 erkak, 166 ayol) dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishdi. 

Musobaqaning so'nggi kuni o'tgan yilgi O'zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori Umar Bozorov (-90 kg) faoliyatidagi ilk xalqaro musobaqasidayoq shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. 

U IJF bayrog'i ostida ishtirok etgan Yavor Varapeu, gruziyalik Soso Ebilashvili, vengriyalik Peter Safrani, niderlandiyalik Mark Van Diykni mag'lubiyatga uchratdi. Oltin medal uchun kechgan murosasiz bellashuvda jahon reytingida 24-o'rinni egallab turgan farnciyalik Aleksis Matyoni chiroyli usulda taslim etdi. Bozorov oltin medal bilan birga 1000 reyting ochkosini ham o'z hisobiga qo'shib qo'ydi. Dzyudochilarimizdan Azizbek Ortiqov va Abdurahim Nutfulloev -66 kg vazn toifasida bronza medallarini qo'lga kiritishdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan Tbilisi Grand Slam 2025 turnirini umumjamoa hisobida 4-o'rinda yakunladi. Franciya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan 1-o'rinni band etdi. Mezbonlar 2 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan ikkinchi bo'lishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing