01 okt 11:05
Yangiliklar
Futbol

UEFA “Borussiya” va “Legiya” klublarini jazoladi
UEFA Evropa chempionlar ligasining guruh bosqich 1-turi doirasidagi yoqimsiz holat uchun Polshaning “Legiya” hamda Dortmundning “Borussiya” jamoalarini jazoladi.
Germaniya grandi Polshaning “Legiya” jamoasi mehmoni bo'lib, raqib darvozasiga javobsiz 6ta to'p kiritgandi. O'sha uchrashuvda har ikki jamoa muxlislari o'zlarini o'ta yoqimsiz tutishgan edi.
Ayniqsa, mezbon jamoa muxlislari quyushqondan chiqib ketishgandi. Xatto policiya xodimlari bilan to'qnashuv ham yuz bergandi. UEFA tartib-intizom qo'mitasi vaziyatni o'rganib chiqib, “Legiya” klubiga 80, “Borussiya”ga 15 ming evro jarima soldi.
Bundan tashqari, “Legiya” jamoasining Madridning “Real” klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uy uchrashuviga muxlislar qo'yilmaydi. Yani, o'yin bo'm-bo'sh stadionda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar