12 mar 15:11
Yangiliklar
Futbol

UEFA koronavirus sabab CHempionlar Ligasi o'yinlarini to'xtatishi mumkin
UEFA koronavirus bilan bog'liq vaziyat tufayli CHempionlar ligasi o'yinlarini to'xtatib qo'ymoqchi.
Bu bo'yicha tegishli qaror bugun elon qilinadi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Xaver Matalyanas xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, kecha bo'lib o'tgan ECHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi PSJ - "Borussiya" (Dortmund) o'yini muxlislarsiz o'tgan edi.
Bundan tashqari 1/8 final doirasidagi "Manchester Siti" - "Real", "Yuventus" - "Lion", "Barselona" - "Napoli" va "Bavariya" - "CHelsi" bahslari ham qoldirilish ehtimoli yuqori.
Havola :
Fikrlar