06 mar 11:08
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 272. Orziqib kutilgan markaziy jang yakunlandi FOTOGALEREYA
Hozirgina AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etilgan UFC 272 turniri o'z yakuniga etdi.
"Ti-Mobayl Arena"da o'tgan oqshomning markaziy jangi yarimo'rta vazn toifasi vakillari Kolbi Kovington hamda Xorxe Masvidal o'rtasida bo'lib o'tdi. Bu ikki jangchi yaqingacha bitta zalda mashg'ulot o'tkazishar, bir-birlari bilan juda qalin do'st edilar. Bugun esa ular "qafas"da to'qnash kelishdi.
Besh raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda Kolbi Kovington qisqa muddatda dushmanga aylangan do'stini ochkolar (49-46, 50-44, 50-45 ) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Deyarli barcha raundlarda Kovington Masvidaldan ustunlikka erishdi. Xorxe to'rtinchi raundda vaziyatni o'zgartirishi mumkin edi. Lekin buni uddalay olmadi. Jang asosan parterda kechganini ham aytish joiz.
Havola :
Fikrlar