26 sen 08:46
Yangiliklar
UFC 281 turnirining rasmiy posteri namoyish etildi + FOTO
Tashkilot matbuot xizmati UFC 281 turnirining rasmiy posterini elon qildi. Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida amaldagi UFC kamari sohibi Israel Adesanya hamda braziliyalik davogar Aleks Pereyra o'rtasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Adesanya va Pereyra ikki bor kikboksing bo'yicha to'qnash kelishgan. Har ikkala jangda ham Aleks Adesanyani mag'lubiyatga uchratgan. 2017 yilning mart oyida Glory of Heroes 7 turniri doirasidagi jangda Pereyra Adesanyani nokautga uchratgan edi.
UFC 281 turnirining So-main event jangida esa ayollar o'rtasida minimal vazn toifasi chempioni, amerikalik Karla Esparza xitoylik sobiq chempion Jang Veyliga qarshi oktagonga chiqadi. Bu Esparza uchun ilk chempionlik himoya jangi hisoblanadi. U shu yil 8 may tongida AQSHda o'tkazilgan UFC 274 turniri doirasida Rouz Namayuasni 47-48, 49-46, 48-47 hisoblarida mag'lub etib, yangi chempionga aylangan edi.
SHuningdek, UFC 281 turniri kardidan amerikalik ikki taniqli jangchi - Dastin Pore va Maykl CHendler to'qnashuvi ham o'rin olgan. Dastin engil vazn toifasi reytingida 2, Maykl esa 5-o'rinni egallab turibdi. Yana bir qiziqarli jang Yangi Zelandiya vakili Den Huker hamda perulik Klaudio Puelles o'rtasida kechadi.
Fikrlar