17 sen 09:43
Yangiliklar
UFC 306 turniri jangchilari qancha gonorar ishlab olgani malum
Oqshomning markaziy jangida gruziyalik Merab Dvalishvili AQSH vakili SHon O'Mellini ochkolar hisobiga ko'ra engib, eng engil vazn toifasida UFC chempioniga aylangandi. Ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangda qirg'izistonlik Valentina SHevchenko meksikalik Aleksa Grassoni mag'lub etib, o'z chempionlik kamarini qaytarib olgan edi.
To'rt nafar jangchining bari million dollardan ko'p gonorarni qo'lga kiritishdi. Eng katta gonorar endilikda sobiq chempion SHon O`Melliga tegishli bo'ldi - 3 million 242 ming AQSH dollari.
Turnir ishtirokchilarining taxminiy gonorarlari:
SHon O'Melli — 3 242 000 mln AQSH dollari
Merab Dvalishvili — 1 432 000
Aleksa Grasso — 1 292 000
Valentina SHevchenko — 1 032 000
Brayan Ortega — 265 000
Norma Dyumont — 180 000
Ignasio Baxamondes — 175 000
Iren Aldana — 166 000
Diego Lopes — 155 000
Estebyan Ribovich — 131 000.
Fikrlar