06 okt 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 307: Aleks Pereyraning Rauntriga qarshi jangi muddatidan oldin yakunlandi
Solt-Leyk-Sitida UFC 307 turniri o'z nihoyasiga etdi.
Kechaning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasi chempioni Aleks Pereyra davogar Xalil Rauntriga qarshi oktagonga ko'tarildi.
5 raundga mo'ljallangan jang 4-raundda o'z yakuniga etdi.
Jang davomida katta ustunlikka erishgan Pereyra 4-raundga kelib ketma-ket zarbalar bilan raqibiga bosim o'tkazdi. Bu vaziyatda Rauntri o'zini himoya qila olmadi va hakam jangni to'xtatdi. Nokaut!
SHu tariqa, Pereyra muddatidan oldin g'alaba qozonib, o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar