06 okt 10:56
Yangiliklar
UFC 307 turnirining barcha natijalari bitta xabarda
UFC 307 turniri kardidan jami 11 ta jang o'rin olgan bo'lib, ularning 4 tasi muddatidan avval to'xtatildi. Markaziy jang yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra amerikalik davogar Xalil Rauntrini to'rtinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Oqshomning co-main event jangi Julianna Penya raqibi Rakel Penningtonni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lubiyatga uchratib, UFC chempioniga aylandi. Hakamlardan ikki nafari 48-47 hisobidagi g'alabani Penyaga taqdim etdi. Yana bir hakam xuddi shu hisob bilan Rakel g'alaba qozondi deb hisobladi.
UFC 307 turnirining barcha natijalari
Erta prelim janglari:
Kurt MakGi Tim Minsni birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan engdi (3 daqiqa 19 soniya);
Tisha Pennington Karla Esparzadan ochkolar bo'yicha ustun keldi (29-28, 29-28, 30-27);
Rayan Spenn Ovins Sent Pryuni birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etdi (1:35).
Prelim janglar:
Cezar Almeyda Igor Poteryani ochkolar bo'yicha yutdi (30-27, 30-27, 30-27);
Aleksandr Xernandez Ostin Xabbardni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi (27-30, 29-28, 29-28);
Xoakin Bakli Stiven Tompsonni uchinchi raundda nokautga uchratdi (2:17).
Asosiy kard:
Kayla Xarrison Ketlin Vierani ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 29-28);
Roman Dolidze Kevin Xollendni birinchi raundda texnik nokautga uchratdi (5:00);
Mario Bautista Joze Aldoni hakamlarning ayri qarori bilan yutdi (28-29, 29-28, 29-28);
Julianna Penya Rakel Penningtonni hakamlarning ayri qarori bilan engdi (48-47, 47-48, 48-47).
Oqshomning asosiy jangi:
Aleks Pereyra to'rtinchi raundda Xalil Rauntrini texnik nokautga uchratdi (4:32).
Fikrlar