08 noy 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 309 turnirining asosiy janglaridan biri bekor qilindi
17 noyabr tongida AQSHning Nyu-York shahridagi "Medison Skver-Garden" majmuasida raqamlangan UFC 309 turniri o'tkaziladi.
Ushbu oqshomdan o'rin olgan bitta jang bekor bo'ldi.
Yarimog'ir vazn toifasida rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Azamat Murzakonov turnir doirasida vatandoshi Nikita Krilov bilan uchrashishi kerak edi. Ammo Murzakonovda yuzaga kelgan muammolar tufayli jang karddan echildi.
UFC 309 turnirining markaziy jangi Jon Jons va Stipe Miochich o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, Murzakonov UFC reytingida 11, Krilov esa 7-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar