19 jan 08:57
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 311. Almeyda - Spivak jangi bir raund ham davom etmadi
UFC 311 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan ikkinchi bellashuv ham muddatidan oldin nihoyasiga etdi.
Og'ir vazn toifasi vakillari — braziliyalik Jailton Almeyda hamda moldovalik Sergey Spivak o'rtasida kechgan jang birinchi raunddayoq yakunlandi.
Almeyda raqibini nokaut orqali taslim etishga muvaffaq bo'ldi.
SHunday qilib, Jailton faoliyatidagi 25-jangida 22-g'alabasini qo'lga kiritdi. Spivak hisobida esa endi 17 ta g'alabadan tashqari 5 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar